Hech narsani bilmasligini bilgan buyuk donishmandning ayanchli qismati
Ayrim manbalarda yozilishicha, Suqrot faqirona hayot kechirgan. Qachon qaramang, eski libos kiyib, oyoq yalang yurgan. Ko‘p vaqtini ko‘cha-ko‘yda, maydon-xiyobonlarda odamlar bilan gurunglashib o‘tkazgan. Har qanday kishini chuqur o‘ylantirib qo‘yadigan jumboqli savollari bilan suhbatdoshlarini hayratga solgan.

