Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda ilk bor «Tandir fest» festivali o‘tkaziladi

Kecha, 12:38

Milliy qadriyatlarimizni, boy oshpazlik an’analarimizni, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida joriy yil 2-4 may kunlari Surxondaryo viloyatining go‘zal va betakror maskani — Boysun tumanidagi «Boysun bahori» turizm majmuasida birinchi marta «Tandir Fest» festivali tashkil etiladi.