Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Va’daboz tashkilot». Qashqadaryo «Matbuot tarqatuvchi» ShK atrofidagi mashmashalar

26/12/2018

Qashqadaryoda nashr etilayotgan bir qator gazeta va jurnallar viloyat «Matbuot tarqatuvchi» sho‘’ba korxonasi faoliyatidan norozi. Boisi, gazeta va jurnallarni obunachilarga tarqatishni kasb qilib olgan mazkur tashkilot tahririyatlarning obuna mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lab bermasdan doimiy aldab kelar ekan.