AQShda Tramp surati tushirilgan 250 dollarlik yangi banknota muhokama qilinyapti
The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, Tramp ma’muriyatiga yaqin ayrim amaldorlar AQSh G‘aznachilik departamenti huzuridagi pul bosib chiqarish byurosiga shunday kupyura dizaynini tayyorlash bo‘yicha bosim o‘tkazgan.
Tramp qator davlatlarni «Ibrohim kelishuvlari»da ko‘rishni istashini aytdi
Tramp ayni kunlarda Eron bilan muzokaralar “yaxshi ketayotgani”ni bildirib, yaqin orada tarixiy kelishuv imzolanishi mumkinligini aytdi.
Tramp: Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishi kerak
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida Eronning boyitilgan urani «darhol AQShga topshirilib, yo‘q qilinishi» yoki Eron bilan hamkorlikda joyida bartaraf etilishi kerakligini ma’lum qildi.
Tramp dunyoga mashhur siyosatshunosning tanqidiga uchradi
Stenford universiteti professori Frensis Fukuyama prezident Donald Trampni AQShni xalqaro maydonda kulgiga qoldirishda aybladi.
G‘azo bo‘yicha 15 banddan iborat Tramp rejasi e’lon qilindi
BMT Xavfsizlik kengashidagi muhokamalar ortidan G‘azo bo‘yicha taklif etilayotgan 15 banddan iborat «Trampning kompleks tinchlik rejasi» tafsilotlari oshkor qilindi.
AQSh kelishuvga erishmasdan Eronga qarshi sanksiyalarni yumshatmaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Tehron bilan kelishuv imzolanmaguncha Eronga qarshi sanksiyalarni yumshatmasligini bildirdi.
Senat Trampning harbiy vakolatlarini cheklashni qo‘llab-quvvatladi
Reuters xabariga ko‘ra, hujjatga muvofiq, prezident har qanday yangi harbiy amaliyotni Kongress bilan kelishishi kerak bo‘ladi.
Oq uy hududida bunkersimon ballar zali quriladi
Binoning tom qismida dronlar bazasi, olti qavatli yerosti majmuasida esa harbiy shifoxona va ilmiy tadqiqot obyektlari bo‘ladi.
Tramp Si Szinpin va Putinning uchrashuviga munosabat bildirdi
Rossiya prezidenti ikki kunlik tashrif bilan Pekinga bordi.
Tramp Eronga zarba berishni ortga surganini ma’lum qildi
Uning Truth Social tarmog‘ida yozishicha, bunday qaror Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlarining iltimosi bilan qabul qilingan.
Xitoy Boeing‘dan 200 ta samolyot sotib oladi – Tramp
Donald Tramp Si Szinpin bilan uchrashuvidan keyin Xitoy Boeing kompaniyasidan 200 ta samolyot sotib olishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Xitoy Eron borasida AQShga yordam taklif etdi
Donald Tramp 13-may kuni Xitoyga keldi. Bu uning 2017-yildan beri mamlakatga birinchi tashrifi sanaladi.
Pekinda Tramp–Si uchrashuvi: savdo, Tayvan va geosiyosat muhokama qilindi
Donald Tramp to‘qqiz yillik tanaffusdan so‘ng Xitoyga tashrif buyurdi.
Tramp 13-15 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi
Bu Trampning 2017-yildan beri Xitoyga amalga oshirayotgan ilk tashrifi bo‘ladi. Davlat rahbarlari Eron, Tayvan, sun’iy intellekt va yadroviy qurollar masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Tramp reytingi tarixiy minimumga tushdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ommaviy qo‘llab-quvvatlash darajasi keskin pasayib, tarixiy eng past ko‘rsatkichga tushdi. So‘rovlarga ko‘ra, uni qo‘llab-quvvatlash darajasi 35 foizgacha tushgan.
So‘rovnoma: Trampning reytingi rekord darajada quladi
Bunga tashqi siyosat va iqtisodiyotdagi vaziyat sabab bo‘lgan.
Eronga yadroviy zarba? Tramp jurnalistlarga izoh berdi
Eron bilan qachon kelishuvga erishish mumkinligi haqidagi savolga javoban esa Tramp shoshilmaslikni so‘radi.
Tramp Eron rahbariyati bilan uchrashishga tayyorligini e’lon qildi
AQSh prezidenti ular bilan uchrashishda «muammo ko‘rmayapti».
Hillari Klinton Netanyahuning sirini ochdi
AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Qo‘shma Shtatlar Eron bilan muzokaralarda juda zaif pozitsiyada turganini aytdi. U, shuningdek, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ko‘p yillardan buyon AQShni Eronga qarshi urushga tortishga urinib kelganini ham ochiqladi.
Trampning 40 yillik qarashlari: Xark oroli atrofidagi tahdidlar va geosiyosiy hisob-kitoblar
AQSh prezidenti Donald Tramp yana bir bor Eronga nisbatan keskin pozitsiyasini namoyon qildi. U shaxsiy ijtimoiy tarmoqdagi bayonoti orqali Basra ko‘rfazida joylashgan Xark oroli haqidagi qariyb 40 yil avval aytgan fikrlarini eslatdi va ularni bugungi vaziyat bilan bog‘ladi.
Fors ko‘rfazi davlatlari AQSh–Eron muloqotini tiklashga harakat qilmoqda
Fors ko‘rfazi davlatlari AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralarni qayta tiklashga harakat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Tramp Ho‘rmo‘z bo‘g‘ozi blokada qilinishini e’lon qildi
«Men dengiz flotimizga xalqaro suvlarda Eronga boj to‘lagan har qanday kemani qidirish va ushlashni buyurdim», deydi u.
Исломободда АҚШ ва Эрон ўртасидаги музокаралар бошланди
АҚШ ва Эрон делегациялари ўртасидаги музокаралар Исломобод шаҳрида расман бошлангани маълум қилинди. Бу ҳақда АҚШ президенти Доналд Трамп журналистлар билан мулоқотда билдирди.
Netanyahu avvalgi prezidentlarni ham Eronga qarshi gijgijlagan – AQShning sobiq davlat kotibi
AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bir necha bor AQShni Eronga zarba berishga ko‘ndirishga uringanini ma’lum qildi.
«Bizga kerak bo‘lganda ular yonimizda emas edi» – Tramp NATO haqida
AQSh prezidenti Donald Tramp NATOni tanqid qilib, alyansni AQShni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganlikda aybladi.
Tramp: Eron bo‘yicha «10 bandli tinchlik rejasi» – uydirma
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralarga oid OAVda tarqalgan 10 bandli tinchlik rejasini rad etdi.
«Dunyoga o‘t qo‘yib, so‘ng chelak bilan kelganlarni olqishlamaymiz...» – Ispaniya bosh vaziri
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches AQSh prezidenti Donald Trampning otashkesim haqidagi bayonotidan so‘ng vaziyatga munosabat bildirdi.
Tramp «Eronni bir kechada yo‘q qilish» bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti mamlakat askarlarini ham maqtagan.
Makrondan Trampga qarshi navbatdagi bayonot
Fransiya rahbari AQSh va Xitoy gegemonligiga qarshi turishga chaqirdi.
Tramp Eronga «qaqshatqich zarba» sanasini e’lon qildi
Bir kun oldin Donald Tramp agar keyingi 48 soat ichida tinchlik bitimiga erishilmasa, Eronni «do‘zax» bilan tahdid qilgan edi.
Tramp shifoxonaga yotqizilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi: Oq uy javob qaytardi
AQSh prezidentining matbuot oldida ko‘rinmay qolgani shubha uyg‘otgan.
«Bu urush – o‘lim va halokat olib keladi» – Irlandiya bosh vaziri
Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin AQSh prezidenti Donald Trampning Eronni «tosh asriga qaytarish» haqidagi keskin bayonotini tanqid qildi.
Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi
AQSh prezidenti sulh shartini aytgan.
Tramp Ho‘rmuz borasida Eronga yana tahdid qildi
AQSh prezidentining so‘nggi bayonoti Yaqin Sharqdagi vaziyat qay darajada keskin va murakkab diplomatik jarayonlar bilan uyg‘unlashib ketganini ko‘rsatmoqda.
100 dollarlik kupyuralar endi Tramp imzosi bilan chop etiladi
AQSh Moliya vazirligi mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan prezident Donald Trampning imzosini dollar kupyuralariga qo‘yishga qaror qildi. Bu amaldagi davlat rahbari tomonidan yo‘l qo‘yilgan ilk holat.
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilishi bo‘yicha talabini yana kechiktirdi
Tramp Eronga qo‘yilgan navbatdagi talab muddatini yana ortga surdi. Ilgari qisqa muddatli ultimatumlar qo‘yilgan bo‘lsa, endi Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq ochish uchun berilgan so‘nggi muddat 6 aprelgacha uzaytirildi.
Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni AQShga taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSh prezidenti Donald Trampdan maktub keldi.
AQSh Kiyevga Donbassdan voz kechishi bo‘yicha bosim qilyapti – Zelenskiy
AQSh Kiyevdan Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilmoqda. Bu haqda Zelenskiy Reuters’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Tramp urushni yaqin haftalarda tugatish niyatida – WSJ
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushning cho‘zilishini xohlamayapti va uni yaqin haftalar ichida tugatishni rejalashtirmoqda. Wall Street Journal nashriga ko‘ra, u maslahatchilariga bu mojaro «yakunlovchi bosqichga kirganini» aytgan.
Tramp Isroil prezidentini haqorat qildi
AQSh rahbariga ko‘ra, Itsxak Gersog Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni afv etish masalasida va’da berib, va’dasini bajarmagan. Shu bois Tramp isroillik hamkasbini «zaif va notavon» deb atagan.

