
Hududlardagi tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi
Joriy yil 19-maydagi «Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan 15 ta tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari belgilandi.