Turkiya — O‘zbekiston munosabatlari: umumiy o‘tmishdan umumiy kelajak sari
Bugungi kunda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni faqat “qardoshlik” tushunchasi bilan izohlash yetarli emas. Umumiy tarix, til va madaniyat asosida shakllangan munosabatlar bugungi kunda strategik manfaatlar, iqtisodiy jihatdan bir-birini to‘ldiruvchi imkoniyatlar va umumiy mintaqaviy qarashlar uyg‘unlashgan ko‘p qirrali sheriklikka aylangan.

