vaqt mashinasi: PAZikdan shaxsiy avtomobillargacha
O‘tgan asrning 60–80-yillarida, ayniqsa qishloq joylarda hayot bugungidan butunlay farq qilgan. U davrlarda odamlarning bir joydan ikkinchi joyga borishi avtobuslar vaqtiga bog‘liq edi. Masalan, biz yashagan qishloqdan Samarqand shahriga ham, Jizzaxga ham ertalab bittadan avtobus qatnar, kechqurun qishloqqa qaytardi.

