Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfni xavf deb o‘ylamaslik xavfi yoxud «Hech narsa qilmaydi» qurbonlari

16/06, 17:24

Toshkent viloyatining Nurafshon tumanida «Toshkent kommunal qurilish servis»ning to‘rt nafar xodimi kanalizatsiya tarmog‘ini tozalash ishlarini olib borayotgan edi. Jarayonda 57 yoshli ishchi quduq ichidagi zaharli gazlardan hushini yo‘qotadi. Uni qutqaraman deb orqasidan hech qanday himoya vositasiz, tavakkal qilib chuqurga tushgan 23, 27 va 55 yoshli hamkasblari ham zaharlanadi.