Bir tomonda hokimiyat, ikkinchi tomonda qonun: qay biri tosh bosarkin?
Xudoynazar Arziyev oltmish yetti yoshida (!) hibsga olinishini tush ko‘ribdimi? Oylab sudsiz-so‘roqsiz «o‘tirishini»-chi?! Yoshga qaramay «tiqib» qo‘yadigan o‘ta og‘ir jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, koshki?! Bor-yo‘q «aybi» tadbirkorligi ediki, boshiga tushgan sinovlarning chin sababi shu.