
Samarqanddagi tug‘ruqxonada o‘nlab chaqaloqlar vahshiylarcha o‘ldirilganligi aniqlandi
Shifoxona boshqaruvi xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan 500 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda farzandsiz oilalarga pullashgan. Sotilmay qolgan go‘daklar qarovsiz qoldirilib, nobud qilingan. Kichkintoylarning jonsiz tanalari esa tibbiy chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan mufel pechida yoqib yuborilgan.