Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

18/04/2018

Taqdirlash marosimini Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov ochib berdi hamda joriy yilning 25 yanvar sanasidan to tanlov yakunlanishi nazarda tutilgan 15 fevralga qadar kelib tushgan 2500 ta qo‘shiq orasidan kuchli yigirmatalik uchun faqatgina to‘rtta qo‘shiq tanlab olingani va nisbatan yaxshi deya e’tirof etilgan 15 ta qo‘shiq esa tanlovning rag‘batlantiruvchi mukofotlari uchun mo‘ljallangan 30 ta qo‘shiq safiga kiritilganini takidlab o‘tdi.

Asil tanlov uchun asil qo‘shiqlar yetishmagani sababli «Zuvola» muddati uzaytirildi

04/04/2018

Tanlov uchun Toshkent shahri va viloyatlarda ijod qilib kelayotgan ijodkorlar turli yo‘nalishda ko‘plab yangi qo‘shiqlar yo‘llashdi va ular orasidan tanlovda qatnashishga saralab olindi. Jumladan, 2018-yilning 27-yanvaridan 15-fevraliga qadar tanlovda ishtirok etish uchun ko‘rsatilgan manzilga 2500 ga yaqin qo‘shiqlar taqdim etildi.