Ko‘p pul topmoqchimisiz? Serdaromad kasbni o‘rgatadigan bepul kurslar
2020-yil nafaqat butun dunyoni qaysidir ma’noda larzaga solgan tarixiy voqealari, balki bugungi kunga qadar sodir bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlari bilan esda qoladi.
Misol tariqasida, Ilon Mask raketani kosmosga raketani uchirib, uni bus-butun qaytarib yerga qo‘ndirdi. Kosmosda 5Gni ishga tushirdi, buning natijasida yaqin kelajakda butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet paydo bo‘ladi.
Rivojlanish O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Mamlakatimizda IT-sohasi faol rivojlana boshladi, bu esa o‘z navbatida IT-mutaxassislari, IT-kompaniyalar va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitiladigan kurslarga bo‘lgan katta talab ko‘rinishida o‘z samarasini ko‘rsatyapti.
Bugungi kunga kelib, deyarli barcha sohalarda o‘zining ichki jarayonlari va funksiyalarini qayta tashkil etish, ularni avtomatlashtirish, shu bilan dasturchilar va ishlab chiquvchilarga bo‘lgan talabni oshirayotgan ko‘plab kompaniyalarni kuzatishimiz mumkin. Lekin ularni qayerdan topish mumkin? Va zamon bilan hamnafas bo‘lib IT-sohasida yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun qayerda o‘qish va o‘rganish kerak? Bu borada so‘nggi paytlarda mamlakatimizda sanog‘i kun sayin oshib borayotgan kurslar yordam berishi mumkin. Ushbu maqolada O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan eng foydali, arzon, pullik va bepul, onlayn va oflayn dasturlash kurslari haqida hikoya qilinadi.
IT-markazlar kurslari
Bugungi kunda deyarli barcha hududlarda va poytaxtda joylashgan IT-markazlar tufayli, har bir inson yoshi va qayerdaligidan qat’i nazar, kelajak kasblarini o‘rganish imkoniyatiga ega.
IT-markazlar bu – raqamli texnologiyalarni o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan aholining barcha qatlamlari uchun yaratilgan o‘quv markazlaridir. IT-markazlarda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish mumkin:
- Kompyuter savodxonligi;
- Chuqurlashtirilgan MS Office;
- Veb-dasturlash tillari;
- Grafika va dizayn asoslari;
- Mobil ilovalarni yaratish;
- Python dasturlash tili;
- Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;
- ESPORTS: CS: GO, Dota2, FIFA20.
IT-markazida bir yil o‘qib oliy o‘quv yurtlaridagi bir necha yillik tahsil beradiganidan ko‘proq bilim va ko‘nikma olasiz.
«Bir million dasturchi» kurslari
One Million Uzbek Coders – yanada qulay dasturlash kurslarining navbatdagi turkumi. Ular shu darajada qulayki, darslar o‘zbek va ingliz tillarida mutlaqo bepul tarzda o‘tiladi. OMUC – bu yaxshi o‘qituvchilarni qidirishga vaqtini yo‘qotilmasdan dasturlashni o‘rganishni istagan odamlar uchun yaratilgan onlayn platforma. OMUC 4 yo‘nalish bo‘yicha kurslarni o‘z ichiga oladi: Android (Google bilan hamkorlikda), Front-end development, Full-stack development va Data Analysis.
«One Million Uzbek Coders» loyihasi mahalliy IT-ta’limni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston aholisiga soha mutaxassisliklarini o‘zbek tilida arzon va sifatli o‘qitish imkonini beradi.
Bundan tashqari, OMUC platformasida kurslarni muvaffaqiyatli yakunlash uchun platforma bitiruvchilari Udacity Nanodegree grantini yutib olish imkoniyatiga ega, bu esa Udacity platformasida bepul kurslarga ega bo‘lish imkonini beradi. Udacity platformasi IT-mutaxassisligiga yo‘naltirilgan yetakchi onlayn ta’lim platformasi. O‘quv dasturlari va kontent kurslari Google, Facebook, Amazon, Autodesk va boshqa kabi yetakchi IT-kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Va bularning barchasiga hech qanday mablag‘ kiritmasdan erishish mumkin – bor-yo‘g‘i ingliz yoki o‘zbek tillarini bilish hamda IT-sohasini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq.
IT Park rezidentlari kurslari
Navbatdagi samarali va arzon kurslar IT Park rezidentlari kurslaridir. IT-ta’lim sohasida sifatli xizmatlarni taqdim etadigan ko‘plab IT Park rezidentlari mavjud. Ulardan biri – PDP IT Academy. PDP IT Academy – Android dasturlash, Python dasturlash, Frontend, Flutter, iOS boshqalar kabi dolzarb IT-mutaxassisliklarini o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan akademiya. Barcha kurslar faqat o‘zbek tilida bo‘lib, aholining aksariyatiga ta’lim jarayonida qiyinchilik va til to‘siqlarisiz holda IT-sohasiga kirish imkonini beradi.
PDP IT Academy’da o‘qishning asosiy xususiyati shundaki, talabalar o‘zlari qanday o‘rganishlarini tanlaydilar. Bunda ikkita ta’lim tartibi mavjud, birinchisi odatiy rejim bo‘lib, unda talabalar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan tezlik va vaqt bilan o‘rganadilar. Ushbu rejim maktab yoki universitetda o‘qiyotgan yoki ishlayotgan va parallel ravishda dasturlashni o‘rganishni istaganlar uchun javob beradi. Oddiy rejimda o‘qitish ish yoki o‘quv faoliyatiga ta’sir qilmaydi, chunki u talabaning vaqtini va tezligini tartibga soladi.
Ikkinchi rejim – bu intensiv ta’lim rejimi. Ushbu rejim 8 soatlik darsni, haftasiga kamida 5 kunni o‘z ichiga oladi. Intensiv ta’lim bilan siz ko‘proq bilim, topshiriq, amaliyot, tajriba va eng muhimi, katta natijalarga erishasiz.
Trening davomida kurs o‘qituvchilari va o‘qituvchilari talabalarga portfolioni va rezyume yaratish hamda hatto ish bilan ta’minlashga yordam beradi. O‘qituvchilar o‘z talabalariga muayyan qiyinchiliklarni hal qilishda yordam berishdan doimo mamnun, o‘quvchilarga qiziqqan barcha savollariga aniq va batafsil javob beradilar.
Bu O‘zbekistonda eng qulay va arzon kurslarning kichik jamlanmasi edi, ular yoshlarga IT-sohasida muvaffaqiyat qozonishga va munosib hamda aqlli IT-mutaxassisi bo‘lish imkonini beradi.
Maqolani o‘qib bo‘lgach, imkoniyatlaringiz butun bir ummon ekanini, bu ummon esa faqat va faqat kengayib borayotganini tushunishingiz mumkin. Ushbu imkoniyatlar ummonida suzishni o‘rganish, ayniqsa, IT-mutaxassisi hamda yaxshi daromad qilishni istaganlar uchun ayni muddaodir. Imkoniyatni boy bermang va unga sho‘ng‘ing, qo‘rqmang – cho‘kib ketmaysiz, bu haqida IT Park qayg‘uradi!
Muhim havolalar:
One Million Uzbek Coders: http://uzbekcoders.uz
PDP IT Academy: http://pdp.uz
IT markazlari: http://edu.itcenter.uz
IT Park rezidentlari kurslari: https://education.it-park.uz/
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter