Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maqsadining oxirigacha bormaydigan iqtidorlilarga nima xalaqit beradi?

Maqsadining oxirigacha bormaydigan iqtidorlilarga nima xalaqit beradi?

foto: internet, ochiq manba

Yurtimizda, umuman o‘zbeklar ichida iqtidorli insonlar ko‘p. Ularning fikrlashini, dunyoga bo‘lgan munosabatini kuzatsangiz buni ilg‘ash qiyinmas. Lekin, ularning ko‘plari boshlagan ishlarini oxirigacha yetkazolmaydi yoki maqsadining oxirigacha bormaydi.

Ba’zan, o‘ylab qolaman nima uchun shunday? Nima yoki qanday omillar xalaqit qiladi? Nega orzu-maqsadlari sari ilk qadamlarni boshlaydi-yu, aksariyat odamlar oxirigacha bormaydi?

Deylik, atrofni kuzatsangiz hamma ingliz tilini o‘rganayotgandek ko‘rinadi, lekin natijada ingliz tilini o‘ziga kerakli darajada biladiganlar ko‘p emas, ya’ni oxirigacha bormaydi o‘rganishni boshlaganlar.

Va, bunga sabab bo‘ladigan psixologik tomonlari haqida o‘ylab qoldim.

Buning bir necha psixologik sabablari bo‘lishi mumkin, ular orasida:

Intizom

Xuddi shunday ichki intizomning yetishmasligi: Ba’zi insonlar maqsadlariga erishish uchun o‘zlarini o‘zlari boshqara olmasligi, vaqtini rejalashtirolmasligi va harakatlarini nazorat qila olmasligi mumkin.

Tashqi intizomning yetishmasligi: Iqtidorli yoshlar intizomni talab qiladigan oilada yoki maktabda, muhitda o‘smagan bo‘lishi mumkin. 

«Oson yo‘l» sindromi: Qiyinchilikka duch kelishdan qochib, oson yo‘llarni izlagani uchun ham maqsadining oxirigacha bora olmaydi.

Qunt va tirishqoqlik

«Tez natijani» kutish: Biz negadir nima ishlar qilayotgan bo‘lsak shuning tezroq natija berishini istayveramiz.

«Gapirishga oson»: Har narsani oson bajarish mumkinligini ta’kidlayverish ham «qunt» va «tirishqoqlik»ka to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayniqsa, hozir turli motivator va kouchlar biror narsaga erishishni su’niy osonlashtirilayotgan tuyuladi, menga. Real hayotda esa maqsadni qandayligiga qarab erishish oson bo‘lmagan maqsadlar ham borligini aqlimiz bilan qabul qilishimiz kerak. Deylik, «3 oyda eng oson yo‘l bilan o‘rgatamiz» deydigan til kurslari shunchaki marketing hiylasi. Til o‘rganish uchun albatta, qattiq intizom va qunt bo‘lmasa shunchaki oson emas.

«Iste’dodiga ortiqcha» ishonishi: Iqtidorli inson o‘zining iste’dodiga ishonib, o‘zini «qiyinchilikdan» xoli deb hisoblashi mumkin. Yoki, iqtidorli o‘ziga ortiqcha baho berib yuborishi mumkin. Deylik, iqtidorli o‘ziga bo‘lgan bahoni iqtidorli emaslar orasida bersa qanday-yu, aksincha ko‘plab iqtidorlilar ichida iqtidorli ekanligiga baho bersa qanday?

O‘rganish

«Yengil hayot» madaniyati: Insonlarga «yengil hayot» madaniyati biror narsani yaxshiroq o‘rganishga va maqsadlarga erishish uchun qiyinchiliklarga ham tayyor turishga to‘sqinlik qilishi mumkin. 

Xatolardan qo‘rqish: Xato qilishni «yomon», deb qabul qilishimiz o‘rganishdan to‘xtatishi mumkin.

O‘rganishda strategiyaning yetishmasligi: Aksariyat, iqtidorlilarga qanday o‘rganish va axborotni qanday ketma ketlikda yoki biror bir strukturali tarzda o‘zlashtirishni bilmasligi muammo tug‘dirishi mumkin (ya’ni, pala- partish).

Yana o‘ziga ishonmagan inson maqsadlariga erishishdan qo‘rqishi mumkin.

Vaqtni boshqara olmaslik ham maqsadlarga yetishga to‘sqinlik   qiladi.

Xatolardan qo‘rqish bilan bir qatorda, muvaffaqiyatsizliklardan qo‘rqish ham boshlagan ishlarni tashlab ketishga olib kelishi mumkin.

Qolaversa iqtidorli insonlarni to‘g‘ri yo‘naltiruvchi maslahatchilari, ustozlari bo‘lishi ham juda muhim.

Yechimlar qanday?

Intizomli hayotni shakllantirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish, vaqtni rejalashtirish va qiyinchiliklarga chora topa olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Qunt va tirishqoqlikni rivojlantirish: «Oson yo‘l»sindromi bilan kurashish, xatolarni «ta’lim» yoki saboq deb hisoblash va albatta, qiyinchiliklarni yengishga tayyor  bo‘lish.

O‘rganish madaniyatini shakllantirish – o‘rganish o‘z-o‘ziga ishonchni   kuchaytiradi, xatolardan saboq   olishga ko‘niktiradi va hayotiy tajriba ega bo‘ladi.

To‘g‘ri maslahat olish va yo‘naltirish: Iqtidorli insonlarni «oxirigacha   bora oladigan» shaxslar tomonga yo‘naltirish. Albatta, bu borada davlat darajasidagi tizimga solingan loyihalar bo‘lishi shart.

Ushbu sabablar va yechimlarni anglashimiz yurtimizdagi iqtidorli insonlarni maqsadlariga erishishga yordam beradi deb o‘ylayman.

 

                                                                                      Madina Miytan, psixolog

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring