Nega sof boylik qiymatingizni bilishingiz muhim?
Navbatdagi maqolamizda ko‘plar uchun qiziq va foydali bo‘lgan sof boylik qiymatingizni aniqlash mavzusida suhbatlashamiz.
Sizning sof boylik qiymatingiz – aktivlaringizning majburiyatlaringizdan ortgan miqdori. Oddiy qilib aytganda, sof moliyaviy qiymat egalik qilayotgan mulkingiz va qarzingiz o‘rtasidagi farq. Agar aktivlaringiz miqdori majburiyatlaringizdan oshsa, siz ijobiy sof qiymatga egasiz. Aksincha, majburiyatlaringiz aktivlaringizdan katta bo‘lsa, sizda salbiy sof qiymat mavjud.
Umuman, sof qiymatingiz hozirgi vaqtdagi moliyaviy ahvolingizning qisqacha tasvirini beradi. Uni har chorak yoki yilda bir tahlil qilib borish moliyaviy ahvolingizni yaxshilaydi yoki mazmunli qiladi. Jumladan, o‘zingizning sof qiymatingizni hisoblash orqali hozirgacha ishlab topgan va sarflaganlaringizning yakuniy natijasini ko‘rasiz.
Vaqti-vaqti bilan sof qiymatingiz hisoblab turilishi joriy moliyaviy holatingizni baholash va moliyaviy maqsadlaringizga erishish uchun nima qilish kerakligini aniqlash imkonini yaratadi.
Sof qiymat
Aktivlar naqd pulga aylantirish mumkin bo‘lgan shaxsiy mol-mulkdir. Masalan, investitsiyalar, bank va brokerlik hisoblari, pensiya jamg‘armalari, ko‘chmas mulk va shaxsiy mulk (avtomobillar, zargarlik buyumlari va kolleksiyalar) va, albatta, naqd pulning o‘zi. Shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ingiz kabi nomoddiy ob’yektlar ham ba’zan aktivlar deb qaraladi. Sizning majburiyatlaringiz esa kreditlar, ipotekalar, kredit karta qarzlari, tibbiy to‘lov va boshqa shu kabi qarzlaringizni ifodalaydi. Sizning aktivlaringiz va majburiyatlaringizning umumiy qiymati o‘rtasidagi farq sizning sof qiymatingizdir.
Sof qiymatni real baholash uchun aktivlarga qiymat qo‘yishda konservativ hisob-kitoblar zarur. Masalan, sizning uyingiz eng qimmatli aktivingiz bo‘lib, moliyaviy ahvolingizga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Hududingizdagi yaqinda sotilgan shunga o‘xshash uylar bilan taqqoslash yoki malakali ko‘chmas mulk o‘yicha mutaxassis bilan maslahatlashish orqali uyning aniq qiymati aniqlanadi. Yana bir masala, shaxsiy turarjoylar sof qiymatni hisoblash uchun aktiv sifatida ko‘rib chiqilishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan bahslar mavjud. Ba’zi moliya ekspertlariga ko‘ra, uyni kapital va uning bozor qiymatini aktiv deb hisoblash lozim, chunki bu qiymatlar sotilgan taqdirda naqd pulga aylanadi. Boshqa mutaxassislar fikricha, agar uy egasi uyni sotishdan naqd pul olgan bo‘lsa ham, bu pulboshqa uyni sotib olish yoki ijaraga olish uchun ketishi kerak. Bu mohiyatan naqd pul yangi majburiyatga – uy-joyni almashtirish qiymatiga aylanishini anglatadi.
Sof qiymatingizni hisoblashdagi qiyinchiliklardan biri barcha aktivlaringizga aniq qiymatlarni belgilashdir. Sizning sof qiymatingizni oshirib yubormaslik (ya’ni, boyligingiz haqida haqiqiy tasavvurga ega bo‘lmaslik) ning oldini olish uchun muayyan aktivlarga qiymat qo‘yishda konservativ hisob-kitoblarni amalga oshirish muhimdir. Masalan, sizning uyingiz sizning eng qimmatli aktivingiz bo‘lib, moliyaviy ahvolingizga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Uyingizning aniq qiymatini aniqlash – uni yaqinda sotilgan hududingizdagi o‘xshash uylar bilan taqqoslash yoki malakali ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassis bilan maslahatlashish orqali – haqiqiy sof qiymatni hisoblashingizga yordam beradi.
Bu nima degani?
Sof qiymat ko‘p narsadan so‘zlaydi. Agar ko‘rsatkich salbiy bo‘lsa, bu sizning haddingizdan ko‘ra ko‘proq qarzdor ekanligingizni anglatadi. Misol uchun, aktivlaringiz shartli 200 mln so‘mga teng bo‘lib, majburiyatingiz 100 mln so‘m bo‘lsa, siz 100 mln so‘m ijobiy sof qiymatga egasiz. Aksincha, aktivlaringiz 100 mln so‘mga teng bo‘lsayu, majburiyatlaringiz 200 mln so‘mdan oshsa, siz minus 100 mln so‘m (100 mln – 200 mln = –100 mln) salbiy sof qiymat egasisiz. Demak, hozir sizda aktivlardan ko‘ra majburiyatlar ko‘proq.
Qimmatli qog‘ozlar bozori kabi sizning sof qiymatingiz ham o‘zgarib turadi. Ideal holda sizning sof boyligingiz yoshingiz ulg‘aygani sari o‘sishda davom etadi – qarzni to‘lash, uyingizning o‘z kapitalini qurish, ko‘proq aktivlarga ega bo‘lish va hokazo.
Har bir insonning moliyaviy ahvoli va maqsadlari o‘ziga xos bo‘lgani sababli hamma uchun amal qiladigan umumiy «ideal» sof qiymatni aniqlash qiyin. Buning o‘rniga siz o‘zingizning ideal qiymatingizni – yaqin va uzoq muddatli kelajakda qay holatda bo‘lishni xohlayotganingizni aniqlashingiz kerak bo‘ladi. Agar siz buni qanday boshlashni bilmasangiz, «maqsadli» sof qiymatni aniqlashda quyidagi formulani taklif etamiz:
Maqsadli sof qiymat=[Sizning yoshingiz−25]∗[⅕∗yillik yslpi daromad] Masalan, yillik yalpi daromadi 75 000 AQSh dollari bo‘lgan 50 yoshli odam 375 000 dollarlik sof boylikka intilsa bo‘ladi ([50–25 = 25] x [75 000÷5 = 15 000 AQSh dollari]). E’tibor bering, bu 50 yoshli barcha odamlar bir xil boylikka ega bo‘lishi kerak degani emas. Formuladan oddiygina boshlang‘ich nuqta sifatida foydalanish mumkin. Sizning ideal sof qiymatingiz turmush tarzingiz va maqsadlaringizga qarab yo‘riqnomada ko‘rsatilgan miqdordan ancha ko‘p yoki kamroq bo‘lishi mumkin.
Oqilona sarflang
Sof boylik qiymatingizni bilish xarajatlaringizni nazorat qilish va barqarorlashtirish imkonini beradi. Diqqat qiling, biror narsani sotib olishga qodirligingiz uni sotib olishingiz kerak degani emas. Qarzdorlikdan saqlanish uchun biror narsa xarid qilishdan oldin u chindan zarur ekanligini o‘ylab ko‘ring. Ko‘pincha odamlar ehtiyojini noto‘g‘ri tahlil qiladi. Xususan, 500 dollarlik poyabzal oyoq kiyimga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi, ammo arzonrog‘i ham shu vazifani bajara oladi. Ehtiyojni to‘g‘ri baholash sizni to‘g‘ri moliyaviy yo‘nalishda ushlaydi.
Saqlash va investitsiya qilish
Agar sizning sof boylik qiymatingiz moliyaviy maqsadlaringizga erishish yo‘lida ekanligingizni ko‘rsatsa, qilayotgan ishingizni davom ettirishingiz lozim. Aksincha bo‘lsa, (masalan, vaqt o‘tishi bilan sizda kamayib borayotgan aktivlar va o‘sib borayotgan majburiyatlar bo‘lsa), sizdan pulingizni tejash va investitsiya qilishda ehtiyotkor yondashuv talab etiladi.
Sof daromad va qiymat o‘rtasidagi farq
Agar siz ishlasangiz yoki biznes bilan shug‘ullansangiz, daromad olasiz. Sizning sof daromadingiz soliqlar va ish haqi ajratmalaridan qolgan summadir. Sof qiymatingiz esa siz egalik qilgan narsalarning umumiy qiymatidan barcha qarz-majburiyatlaringizni chegirib tashlaganingizda qoladigan farqdir.
Likvid sof qiymat nima?
Likvid sof qiymat – bu zargarlik buyumlari yoki mulk, ya’ni osonlik bilan naqd pulga aylantirilishi mumkin bo‘lgan sof qiymatingizning bir qismi.
Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter