Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar inson tanasidagi hech qachon qarimaydigan a’zoni aniqlashdi

Olimlar inson tanasidagi hech qachon qarimaydigan a’zoni aniqlashdi

Illyustrativ foto

Drezden texnologiya universiteti (Germaniya) olimlari ta’kidlashlaricha, inson jigarining yoshi insonning yoshiga umuman bog‘lanmagan. Jigarning yoshi hech qachon uch yoshdan oshmaydi, deb yozdi «ScienceAlert».

Foto: «ScienceAlert»

Jigar hujayralari yoshini tahlil qilish usulini ishlab chiqqan nemis olimlariga ko‘ra, insonning yoshidan qat’i nazar, jigar doim yoshligicha qoladi. Jigardagi hujayralarning tiklanish jarayoni organizmdagi umumiy qarish jarayonlariga umuman bog‘lanmagan.

Jigar hujayralarining tiklanishi — inson organizimidan zararli moddalarni chiqarish bilan shug‘ullanuvchi a’zoning to‘g‘ri ishlashi uchun muhim jarayon. Jigar tanadagi zaharli moddalarni qayta ishlash va chiqarib tashlash jarayonida uning hujayralariga ziyon yetadi, biroq hujayralarning tiklanish jarayoni sababli yana oldingi holatiga qaytadi.

«Organizmimizdagi aksariyat hujayralar bizning genomimizning ikkitadan nusxasiga ega, jigardagi ayrim hujayralar esa ko‘plab nusxalarini yarata oladi. Jigardagi oddiy hujayralar taxminan bir yilda bir marta yangilanib oladi, boshqa a’zolar hujayralarining yangilanish jarayoni esa ancha sust, ulardagi hujayralar 10 yilgacha yashaydi», — dedi Drezden texnologiya universiteti olimi Olaf Bergmann.

«Ushbu mexanizm (hujayralarning tez-tez yangilanishi — tahr.) keyinchalik saratonga aylanuvchi jigar xastaliklarida ham ishlaydimi-yo‘qmi, shuni aniqlashimiz zarur», — qo‘shimcha qildi Bergmann.

Drezdenlik olimlar jigar yoshini aniqlash usulini endi inson yuragida ham qo‘llab ko‘rishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring