Zamonaviy kartoshkaning olis qarindoshi topildi

Muhim qishloq xo‘jaligi ekini, «ikkinchi non» — kartoshkaning kelib chiqishi tarixi uzoq yillardan buyon olimlar uchun ochilmagan kitob edi. Tashqi ko‘rinishidan tuganak tugmaydigan Chili yovvoyi kartoshkasi (etuberosum)ga o‘xshab ketishi, ammo filogenetik tomonlama pomidorlarga yaqinligi jumboqligicha qolayotgandi.
Cell jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, taxminan 9 mln ilgari etuberosum pomidorlar bilan chatishgan. Bular aslida boshqa-boshqa turga mansub o‘simliklar, biroq 14 mln yil avval ularning ajdodi bitta bo‘lgan, uzoq ayriliqdan so‘ng, bu o‘simliklar yana o‘zaro chatishgan bo‘lishi mumkin.
Masalan, tuganaklar shakllanishi zarurligi haqida o‘simlikka xabar beruvchi SP6A geni zamonaviy kartoshkaga aynan pomidordan o‘tgan. Yer osti poyalari o‘sishini nazorat qilishda ko‘maklashuvchi muhim IT1 geni bo‘lsa yovvoyi kartoshkadan meros.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter