Andijon mashinasozlik instituti bakalavriat va magistratura uchun qabul e’lon qildi
2019/2020 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlariga to‘lov-kontrakt asosida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi uchun
QABUL E’LON QILADI
Dastur nomi |
Ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik |
Xorijiy davlat nomi |
Hamkor xorijiy OTM nomi |
Qabul kvotasi |
Dastur shakli |
|
Shifri |
Nomi |
|||||
Automotive Engineering |
5310500 |
Avtomobilsozlik va traktorsozlik |
Janubiy Koreya |
Tegu universiteti |
25 |
2+2 |
Mechanical Engineering |
5320200 |
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish |
Xitoy Xalq Respublikasi
|
Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti |
25 |
2+2 |
Mechatronic Engineering |
5312600 |
Mexatronika va robototexnika |
25 |
2+2 |
||
Artificial Intelligent |
5312700 |
Intellektual muhandislik tizimlari |
25 |
2+2 |
||
Clinic Engineering |
5A320313 |
Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari |
Janubiy Koreya |
Tegu universiteti |
10 |
1+1 |
Abituriyentdan talab etiluvchi hujjatlar:
- o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
- pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi)
- ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat (IELTS, TOEFL, CEFR) – agar sertifikat mavjud bo‘lmasa, abituriyent ingliz tilidan belgilangan tartib asosida suhbatdan o‘tadi va hujjat topshirishga tavsiya e’tiladi;
- ariza (ingliz tilida to‘ldiriladi);
- 4 dona 3.5x4.5 rasm
Magistratura: Institutning xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat etiladi. Tel: +998 74 235 12 64, +998 90 387 71 70
Eslatma! O‘qish kunduzgi ta’lim shaklida to‘liq ingliz tilida Tegu universiteti yoki Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va Andijon mashinasozlik instituti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Va bu hali hammasi emas! O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan bitiruvchilarga yurtimizda va Janubiy Koreya yoki Xitoy Xalq Respublikasida tan olinadigan 2ta: Tegu universiteti yoki Shimoliy Xitoy texnologiya va Andijon mashinasozlik instituti diplomlari beriladi.
Eng muhimi! Agar siz IELTS (5.0 yoki undan ortiq) sertifikatiga ega bo‘lsangiz sizga ingliz tilidan maksimal ball beriladi.
Kirish sinovlari! O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi 1-sonli bayoni asosida kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etadilar;
ikkinchi bosqichda abituriyentlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.
Izoh: Bakalavriat va magistratura uchun hujjatlar 2019 yil 26 iyuldan 10 avgustgacha har kuni 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.
Eslatma! Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyuldagi 393-sonli qarori bilan qo‘shma ta’lim dasturi asosida taxsil olayotgan talabaning o‘qishi ko‘chirilmasligi va qayta tiklanmasligi belgilangan (qo‘shma dasturning o‘zi bundan mustasno).
Manzil: Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 56 uy, Institutning asosiy binosi
Telefon: +99874 223 – 46 – 12
+99874 223 – 47 – 22
Internet: www.andmiedu.uz
Telegram: t.me/admission_AndMI_2019
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter