Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chalar ish vaqtini soat 19:00 gacha uzaytirish taklif qilindi

Bog‘chalar ish vaqtini soat 19:00 gacha uzaytirish taklif qilindi

Foto: «Xabar.uz»

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining ish vaqtini soat 19:00 gacha uzaytirish haqida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiyada qayd etilishicha, bugungi kunda davlat va ayrim nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ish vaqti bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga (MTM) qatnashida muammolarni yuzaga keltirmoqda. MTMlarda ish vaqtining kechki 17:00 gacha belgilangani sabab, ota-onalar ishdan uzilgan holda farzandlarini muassasalardan olishi yoki noilojlikdan yaqin bo‘lmagan odamlarga farzandlarini vaqtinchalik tashlab ketishga majbur bo‘lishmoqda. Bu holat ayniqsa, istiqomat qiladigan hududda qarindoshi yoki yaqin odami bo‘lmagan ota-onalar uchun murakkablik tug‘dirmoqda.

Petitsiya muallifi mazkur masalani MTMlarda mavjud kadrlarning ish vaqtlarini qayta taqsimlash yo‘li bilan yoki navbatchi xodimlarni biriktirgan holda hal etish taklifini bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring