Bugun hujjat topshirishning oxirgi kuni
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishi, ma’lumotlarini tahrirlashi yoki yangi ma’lumot qo‘shish, shuningdek avval tanlagan yo‘nalishlarini o‘zgartirishi uchun bugun oxirgi imkoniyat. Tunda soat 23:59 dan keyin baza yopiladi va keyin hech qanday o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda Xushnudbek.uz kanali.
O‘tgan yilda bitirgan abituriyentlar testga kirish uchun to‘lanadigan to‘lovni (111 ming 500 so‘m) bugun to‘lashlari shart. Bugun to‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Ertaga yoki undan keyin qilingan to‘lovlar befoyda bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter