Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet tili bo‘yicha sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball beriladi

Chet tili bo‘yicha sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball beriladi

Hozirgi kunda chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar my.gov.uz (YaIDXP) orqali elektron tarzda qabul qilinmoqda.  

Shuningdek, Xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun ham Yagona portal orqali onlayn ariza yuborish mumkin.

Bunda chet tilini bilish bo‘yicha sertifikat (IELTS, TOEFL va boshqalar) olganlarga ketkazgan xarajatlarining 100 foizi,  IT-sertifikat va o‘qish harajatlarining esa 50 foizi qoplab beriladi.

Endilikda bu imkoniyatlar safiga test sinovlarida chet tili fani bo‘lgan barcha bakalavriat yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga shu fandan imtihonlarsiz maksimal ball berilishi ham qo‘shildi.

To‘liq ro‘yxat bilan tanishing:

ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda TDYuU uchun writingdan 5,5 ball), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring