Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq davlat pedagogika instituti jamoasi xalqaro musiqa tanlovida g‘alaba qozonishdi

Chirchiq davlat pedagogika instituti jamoasi xalqaro musiqa tanlovida g‘alaba qozonishdi

Foto: Chirchiq davlat pedagogika instituti

Toshkent viloyati,Chirchiq davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi yo‘nalishi jamoasi – o‘qituvchilar Shohida Mahkamova, Malohat Muhitdinova hamda 1-kurs talabalari Sobirjon Toshmetov, Shukurbek Xalilov, Sherzod Toshmatov Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida «SHYMKENT MUSIC GAMES» respublika ko‘p janrli musiqa tanlovining Cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tanlov ushbu jamoa uchun 2019-yil 29-iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l shahrida o‘tkaziladigan xalqaro tanlovga hamda 2020-yil 7-mart kuni Italiyaning Rim shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musiqa tanlovida ishtirok etish uchun yo‘llanma berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring