DTM «X variant» chiqib ketgani bo‘yicha xabarlarga javob qaytardi
DTM ijtimoiy tarmoqlarda imtihon savollari tarqalayotgani bo‘yicha xabarlarga izoh berdi.
Unga ko‘ra mazkur savollar markaz bazasida mavjud emas.
«Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda «X variant» deya tarqatilayotgan test topshiriqlari 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emasligini va Davlat test markazi bazasida bunday test topshiriqlari mavjud emasligini ma’lum qilamiz.
Shu o‘rinda Davlat test markazi barcha abituriyentlar va ularning ota-onalaridan turli asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklarini va firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishlarini so‘raydi»,—deyiladi DTM bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter