Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi bo‘lajak o‘qituvchilar to‘liq grantda o‘qiydi

Endi bo‘lajak o‘qituvchilar to‘liq grantda o‘qiydi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda kelgusi o‘quv yilidan kadrlar yetishmaydigan, og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinishi belgilandi.

Maqsadli buyurtma asosida o‘qituvchilarni tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi. Kelgusi o‘quv yili uchun pedagogika oliygohlarining qabul kvotalarini belgilashda ushbu yangi tartib nazarda tutiladi.

Ya’ni, kelgusi yillardagi talabni hozirdan aniqlab, zarur mutaxassisliklar bo‘yicha muallimlarni oldindan tizimli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Maktab ta’limida boshqaruv tizimi ham o‘zgaradi.

Joriy yilda direktorlikka nomzodlarni o‘qitish va bilimini baholashni amalga oshiruvchi «Direktorlar maktabi» tashkil qilindi. Maktabda ta’lim jarayonlari Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa nufuzli xorijiy hamkorlar tajribasi asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Endi direktorlikka nomzodlar faqat sertifikati bor va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlanadi va muddatli kontrakt asosida ishga olinadi.

Direktorlar va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi. Sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi.

Iqtisodiyot va moliya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklariga kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring