Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov: «Maktab direktorlarini yig‘ilishlarga chaqirish taqiqlanadi»

Erkinjon Turdimov: «Maktab direktorlarini yig‘ilishlarga chaqirish taqiqlanadi»

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov ta’lim masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda maktab direktorlarini turli yig‘ilishlarga chaqirishni taqiqlash kerakligini ta’kidladi.

«Maktab direktorlarini yig‘ilishlarga chaqirish mutlaqo taqiqlanadi. Hokimga kirib aytaman. Mutlaqo taqiqlanadi», — dedi vazir.

Uning aytishicha, maktablar ta’lim mazmuni, bog‘chalar esa tarbiya bilan shug‘ullanishi lozim.

«Maktab mazmun bilan shug‘ullanishi kerak. Bog‘cha tarbiya bilan shug‘ullanishi kerak. Majlisga borish kerak emas», — dedi Turdimov.

Vazir yig‘ilishlarga zarur hollarda maktab direktorlari o‘rniga xo‘jalik ishlari uchun mas’ul xodimni yuborish mumkinligini aytdi.

Vazir viloyat hokimligida ishlagan davridan misol keltirib, maktab direktorlarini yig‘ilishlarga chaqirmaslikni qat’iy talab qilganini ta’kidladi. Shuningdek, Sirdaryoda ham shunday ko‘rsatma berganiga qaramay, xodimlar baribir yig‘ilishga kelganini esladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring