Ertadan OTMlarda qabul boshlanadi

Ertaga, 5 iyun kuni, davlat oliygohlarida abituriyentlar qabul boshlanadi.
Qabul jarayonlari my.uzmb.uz saytida 25- iyungacha bo‘lib o‘tadi.
Eslatma: ertadan boshlab faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.
Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter