Feruza Madrahimova Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori etib tayinlandi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yoshlar va ma’naviyat masalalari bo‘yicha prorektori lavozimiga Madrahimova Feruza Ruzimbayevna tayinlandi.
Bunga qadar ushbu lavozimda Ko‘ysinov Odil Almuratovich faoliyat yuritgan. Hozirda O.Ko‘ysinov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlangan.
Feruza Madrahimova falsafa bo‘yicha PhD doktori bo‘lib, ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanali bosh muharriri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter