Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ingliz tilida o‘tkazilgan insholar tanlovida 3260 nafar o‘quvchi qatnashdi

Ingliz tilida o‘tkazilgan insholar tanlovida 3260 nafar o‘quvchi qatnashdi

Tanlovning hududiy bosqichida o‘quvchilar tomonidan 3200 dan ortiq insho kelib tushdi.

Foto: «Uzedu.uz»

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘rta ta’lim muassasalarining 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tilida «My motivation to study» – «Mening o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqim» mavzusida respublika insholar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur ko‘rik-tanlov o‘quvchilar orasidan ilg‘or, tashabbuskor, ijodkor yoshlarni aniqlash, shuningdek, ularning ijodiy faolligini oshirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali chet tillariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil qilingan.

Ikki bosqich (hududiy va respublika)da tashkil qilingan tanlov ishtirokchilarning ijodiy ishlari 100 ballik tizimda baholanib, hakamlar hay’ati tomonidan baholash jarayonida insho mazmunining bayon etish ravonligi, o‘quv-uslubiy va didaktik talablarga javob berishi, badiiy saviyasi va misollar orqali ta’sirchanlik darajasi kabi mezonlar e’tiborga olingan.

Tanlovning hududiy bosqichida o‘quvchilar tomonidan 3200 dan ortiq insho kelib tushdi. Shundan 42 nafar o‘quvchi yakuniy bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

«NVIVO 11» dasturi yordamida o‘quvchilarning insholari ustida tadqiqot o‘tkazilganda «I will, I can, study, future» kabi so‘zlar eng ko‘p foydalanilganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur tadqiqotdan natijalari yoshlarimiz vatanparvarligini, yurtiga bo‘lgan muhabbati va fidoyiligini boshqa tillarda ham bemalol ifodalay olishini ko‘rsatib turibdi.

Insholar tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari joriy yilning 8–9-fevral kunlari aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring