Keyingi o‘quv yilidan dars soatlari qisqartiriladi

Xalq ta’limi vazirligi 2019-yil 1-avgustga qadar Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’limning amaldagi tayanch o‘quv rejasini qayta ko‘rib chiqadi.
Bu haqda «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida so‘z yuritilgan.
Unga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab amaldagi o‘quv rejasini 10 foizga qisqartirish hamda mazkur fanlar bo‘yicha dars soatlari qisqartirilgan mutaxassislarni talab yuqori bo‘lgan boshqa o‘quv fanlariga bepul qayta tayyorlab o‘tkazadi.
Shuningdek, Moliya vazirligi ushbu qaror va dasturlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni 2018-yil uchun ajratadi hamda 2019-yildan boshlab Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter