Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkaziladi

Maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkaziladi

2026/2027 o‘quv yilida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ham kengaytirish rejalashtirilgan.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘ida gap boradi.

Hujjatga ko‘ra, respublikadagi 3–7 yoshli 3 mln 422 ming 932 nafar bolaning 2 mln 670 ming 242 nafarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish maqsad qilingan. Shu orqali umumiy qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi.

Buning uchun 3–6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkazilib, bog‘chalardagi bo‘sh guruh va o‘rinlarga jalb etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari yaqin hududdagi mahallalarga biriktirilib, qamrab olinmagan bolalarni maktabgacha ta’limga jalb qilish choralarini ko‘radi.

Shuningdek, «Ilk rivojlanish markazlari» faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularga bolalarni qamrab olish belgilangan. 2026 yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan davlat bog‘chalarini sentyabr–dekabr oylarida foydalanishga topshirish ham nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring