«Nevaralarimning darslarini birma-bir so‘rayman» — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari o‘qituvchilar ham o‘zgarishi kerakligini ta’kidladi.
«Bugun darsliklar o‘zgaryapti. O‘qituvchilar ham o‘zgarishi kerak. O‘zgarishlaringizga majbur qilamiz. O‘zgarmasangiz xayrlashamiz. Shuning uchun ham bugun sizlar bilan ko‘rishib, gaplashyapmiz.
Bugun kechagidek dars berishni qabul qilib bo‘lmaydi. Buni ota-onalar ham, o‘quvchilar ham qabul qilmaydi. Ota-onalarning ham mas’uliyatini oshirishimiz kerak.
O‘zim ham shanba-yakshanba kunlari nevaralarimning darslari bilan shug‘ullanaman. Ayniqsa, yakshanba kunlari vaqtim ko‘proq bo‘ladi, hamma darslarini birma-bir so‘rayman», — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter