O‘qituvchining baholashiga aralashadigan fuqaro va mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi

Ayni paytda Oliy Majlis Senatining 5-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, o‘qituvchining o‘quvchilar bilimini baholashiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki boshqa hollarda uning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni fuqarolarga bazaviy hisoblashning 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravarigacha jarima belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter