Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onalar farzandining uyda ta’lim olishiga mas’uliyat bilan qarashi lozim

Ota-onalar farzandining uyda ta’lim olishiga mas’uliyat bilan qarashi lozim

Xabaringiz bor, yaqin kunlarda «Madaniyat va ma’rifat», «Oilaviy», «Dunyo bo‘ylab» va «Yoshlar» telekanallarida o‘quvchilar uchun tayyorlangan videodarslar efirga uzatib boriladi. Bundan tashqari hozirgi kunda Internet orqali Xalq ta’limi vazirligi tomonidan (@uzedu) o‘quvchilar uchun turli elektron kitoblar va ta’limga oid veb-resurslar, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan (@uztdi) esa xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik bo‘yicha videodarslar berib borilmoqda.

Farzandingiz shu paytga qadar ta’limni o‘qituvchisidan olar edi. Siz unga oilada tarbiya bersangiz, ta’lim uchun o‘qituvchi mas’ul edi. Bugun nafaqat O‘zbekiston balki dunyo hamjamiyati uchun kutilmagan ushbu vaziyatda hamjihat bo‘lib, birdamlikda farzandingizning uyda ta’lim olishi va videodarslarni MUNTAZAM kuzatib borishiga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.

Ushbu ta’til davrida davlatimiz tomonidan o‘quvchilarning TV va Internet orqali ta’lim olishlariga imkoniyatlar yaratilmoqda. Farzandingiz ayrim sabablarga ko‘ra TV orqali videodarslarni o‘z vaqtida ko‘ra olmay qolsa, ijtimoiy tamoqlar (@uzedu) orqali qayta ko‘rib olish imkoniyati bor.

Siz bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, farzandingizni videodarslar orqali tegishli fanlarni o‘zlashtirishi va shu asosda darslarni to‘liq tayyorlashiga mas’uliyat bilan yondashishingizni so‘raymiz.

Har bir videodarsni tayyorlash va uni efirga uzatish zamirida katta mehnat yotadi. Sizlar uchun jonini kuydirayotgan ta’lim sohasidagi har bir hodimning mehnatini qadrlang!

Imkon darajasida farzandingiz uchun TV va Internet orqali berilayogan birorta darsni o‘tkazib yubormang. Videodars va elektron kitoblar orqali tushunmaganlarini tushuntirishga harakat qiling. Farzandlaringiz bilan birga o‘tirib, ularga dars tayyorlating.

Unutmang, ta’lim bu kelajak!

Feruza Madraximova,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim inspeksiyasi
boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring