OTM o‘qituvchilari faoliyatiga talabaning o‘zlashtirishiga qarab baho beriladi

Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida «talabaning o‘zlashtirish darajasi – professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni» tamoyili joriy qilinadi. Bu borada mutasaddi tashkilotlar 2019-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda tamoyilning aniq mexanizmlarini belgilash vazifasi topshirilgan.
Hujjatda keltirilishicha, ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter