OTMlarga hujjatlarni qabul qilish qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish 20-iyundan boshlanadi. Bu haqda Prezident o‘tkazayotgan videoselektorda ma’lum qilingan.
Ikki hafta muddatda qo‘shimcha davlat granti asosida (imtiyozli) qabul parametrlari tasdiqlanadi.
Bu yil 1,5 milliondan ziyod yoshlar oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.
Bu yil ilk marotaba 9 ta nodavlat oliygohlarda 22 ta yo‘nalishda talabalarni o‘qitish uchun 500 ta davlat granti ajratiladi.
Shuningdek, Prezident bu yil oliygohlarga qabul soni o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga yetkazilishini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter