Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarni xalqaro reytingga kiritishda «QS» va «Times Higher Education» bilan hamkorlik kuchaytiriladi

OTMlarni xalqaro reytingga kiritishda «QS» va «Times Higher Education» bilan hamkorlik kuchaytiriladi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 22 noyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan «Ilm-fan – 2020» hamkorlik dasturi doirasida «QS» (Quacquarelli symonds) kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Zoya Zayseva va «Times Higher Education» agentligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Yegor Yablokov boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda «QS» va «Times Higher Education» kabi dunyoning yetakchi universitetlar reyting agentliklari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari, xususan, mahalliy oliy ta’lim muassasalarining xalqaro miqyosida mavqeini oshirish, yurtimiz olimlari ilmiy salohiyatinining dunyo miqyosida e’tirof etilishini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining «QS» va «Times Higher Education» kabi yetakchi reyting agentliklari tomonidan tuziladigan dunyoning kuchli universitetlari qatoriga kirmaguncha sa’y-harakatlar bir zumga bo‘lsada to‘xtatilmacligini qayd etdi.  

Uchrashuvda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish strategiyasidagi muhim jihatlar muhokama qilinib, bu boradagi xalqaro reyting agentliklari metodologiyasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahalliy olimlarning xalqaro ilmiy jurnallarda ishtirokini oshirish va «Scopus» ma’lumotlar bazasida ulardan iqtibos keltirishlarni ko‘paytirishga e’tibor qaratish kerakligi, chunki bu reytingni shakllantiruvchi asosiy ilmiy ma’lumotlar ekani qayd etildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring