O‘zbekistonga xorijdan o‘qishga kelayotganlar soni 65 foizga oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasiga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Hindiston — 2 241 nafar;
Turkmaniston — 1 937 nafar;
Tojikiston — 950 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 450 nafar;
Pokiston — 273 nafar;
Janubiy Koreya — 266 nafar;
Xitoy — 266 nafar;
Afg‘oniston — 147 nafar;
AQSh — 132 nafar;
Qozog‘iston — 122 nafar;
Boshqa davlatlar — 618 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter