Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Armanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Armanistonga jo‘nab ketdi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

2022-yilgi 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi 10-18-iyul kunlari Armaniston davlatida o‘tkazildi. Bunda dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o‘quvchi qatnashishi kutilmoqda.

Terma jamoamiz tarkibi:

  • Aziza Abduvaliyeva - Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi;
  • Azizbek Muxtorov - Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi o‘quvchisi;
  • Bexruz Tursunov - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 142-IDUM o‘quvchisi;
  • G‘olibjon Sharifov - Buxoro viloyati Kogon tumani 3-maktab 9-sinf o‘quvchisi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz terma jamoasi vakillari ushbu olimpiadada 1997 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda hamda hozirgi kunga qadar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring