Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshlandi
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
U test shaklida o‘tkazilib, talabgorlarga:
- matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
- ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
Qayd etilishicha, prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilinmoqda.
Shuningdek, prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Avvalroq prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi natijalari e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter