Prezident maktablariga imtihonlarni o‘tkazish va qabul qilish tartibi ma’lum bo‘ldi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Prezident maktabi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi joylashtirilgani haqida xabar berib o‘tgan edik. «O‘qituvchi» kanalida maktablarga imtihonlarni o‘tkazish va qabul qilish tartibi ma’lum qilindi.
Prezident maktabi quyidagi huquqlarga ega:
ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o‘quvchi taqsimlangan, 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan yillik qabul kvotasi doirasida o‘quvchilarni qabul qilishni amalga oshirish;
Prezident maktabi bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi tegishli xalqaro darajadagi dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ni berish.
Prezident maktabi bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) beriladi.
Prezident maktabiga respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli bolalar tanlov asosida qabul qilinadi.
Prezident maktabi faoliyatining birinchi yilida shu jumladan, o‘quvchilar 6-10-sinflarga qabul qilinadi.
Belgilangan kvotaga asosan kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha eng yuqori ball olgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadilar.
Prezident maktabiga talabgorlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
— ariza;
— talabgorning anketasi;
— talabgorning hujjatlari taqdim etilgan vaqtda ta’lim olayotgan maktabidan ma’lumotnoma.
— talabgorning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
— 2 ta rasm (3x4);
— tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nushasi.
O‘rta ta’lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan talabgorlar Prezident maktabining shu kabi sinfida takroran o‘qishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
Chet el davlatlarining fuqarolari kirish imtihonlarida ishtirok etishlariga ruxsat etilmaydi.
Kirish imtihonlari takroran o‘tkazilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter