Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda yangi universitet tashkil etiladi

Qashqadaryoda yangi universitet tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

«Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-428-son, 10.12.2024 yil) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat ko‘rsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va atrof-muhit muhandisligi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash salmog‘i oshiriladi;
  • talabalarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
  • Ta’lim xizmatlari markazi tashkil etib, talabalarga o‘qish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar bo‘yicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;
  • iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

Yuqoridagi OTMlarda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring