Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda «Mehrli maktab» filiali ochildi

Qoraqalpog‘istonda «Mehrli maktab» filiali ochildi

Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonda ochilgan «Mehrli maktab»da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida gospital turdagi «Mehrli maktab» filiali ochildi.

«Mehrli maktab»ga tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalar bilan samimiy suhbatlashib, pedagoglar va ota-onalarga dalda so‘zlarini izhor etdi.

«Mehrli maktab» – ta’limdan, kim qanday vaziyatga tushib qolganidan qat’i nazar, barcha bahramand bo‘lishi mumkinligiga yorqin misol. Bu yerda uzoq vaqt davomida davolanayotgan hamda oddiy maktab yoki bog‘chaga qatnash imkoniyati bo‘lmagan bolalar bilim olmoqda va tarbiyalanmoqda. Ular reabilitatsiya jarayonidan ham shu yerning o‘zida ota-onalari ishtirokida o‘tadilar.

Yil yakuniga qadar «Mehrli maktab» filiallari Andijon va Farg‘onada ochiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring