Raqs to‘garagi va muzeydan tortib, hayvonot bog‘igacha bor — Samarqanddagi bog‘chalar haqida (foto)
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan mahalliy va xorijiy OAV ishtirokida Samarqand viloyatiga press-tur tashkil etildi. Safar davomida viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishtirildi.
Samarqand viloyatida 2017 yilga qadar 564 ta maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘lib, bog‘cha yoshidagi bolalarning 20 foizi qamrab olingan xolos. Ayni vaqtda bu ko‘rsatkich 71 foizga o‘sib, 4109 ta davlat va xususiy sherikchilik asosidagi bog‘chalar faoliyat yuritib kelmoqda. E’tiborli tomoni, Samarqandda bolalarga ta’lim va tarbiya berishga kreativ yondoshilmoqda. Masalan, jurnalistlar borib ko‘rgan 72-sonli davlatga tegishli maktabgacha ta’lim tashkilotida hatto bolajonlarni xursand qilish uchun hayvonot bog‘i ham tashkil etilganini ko‘rish mumkin. Muzey va raqs to‘garagini esa aytmasa ham bo‘ladi.
Viloyatda shuningdek, salomatligida muammosi bor bolalarni maktabga tayyorlash maqsadida uyda ta’lim berish tajriba tariqasida boshlangan. Ayni paytda Toyloq tumanida mahoratli pedagoglar bolalarning uyiga borib, mashg‘ulot o‘tamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter