Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand tibbiyot instituti tashkil topganiga 90 yil to‘ldi

Samarqand tibbiyot instituti tashkil topganiga 90 yil to‘ldi

Samarqand Davlat tibbiyot institutining tarixi uzoq 1930 yilning may oyida boshlanadi, o‘sha yilni 7 mayida O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashining 80-son Qaroriga binoan O‘zbek Davlat tibbiyot institutiga asos solingan. Institut hozirgi kunga qadar 40 mingdan ziyod malakali shifokorlarni tayyorlab bergan.

Samarqand davlat tibbiyot instituti nafaqat mamlakatda, balki mintaqada o‘z nomiga ega oliygoh. Bu yerdan ko‘plab akademiklar, professorlar chiqishgan. II jahon urushi vaqtida Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasi vaqtincha Samarqand tibbiyot akademiyasiga ko‘chirilgan. Qisqa muddat bo‘lsa-da, sobiq ittifoqdagi yetakchi tibbiyot oliygohining Samarqandda faoliyat yuritishi keyinchalik hududda tibbiyot rivojiga hissa qo‘shgan.

Institutning Axborot-resurs markazida (ARM) 300000 ortiq nomdagi nashrlar saqlanishi o‘ziga aloxida e’tiborni jalb etadi. SamDTI qoshida 375 ta yotoq joyiga mo‘ljallangan 1-son klinika, 200 ta yotoq joyiga mo‘ljallangan 2-son klinika mavjud bo‘lib ular zarur va zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Samarqand shahrida va atrofida joylashgan barcha davolash-diagnostika muassasalari institut studentlarining amaliyot o‘tish joylari sifatida SamDTIni klinik bazasi hisoblanadi.

Xalqaro konferensiyada tibbiyot fanining ustuvor yo‘nalishlari, fundamental tibbiyot, innovatsiya va turli ishlanmalarning amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy qilinishi muhokama etildi. Shuningdek, tibbiyot oliygohlarida o‘quv jarayoni tashkil qilinishi va ta’lim sifatini ko‘tarish, tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlashda SamDTIning hissasi va tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.

 Anjumanni o‘tkazishda O‘zbekiston, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina, Polsha, Tojikiston va boshqa davlatlarning yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalari tashkilotchilik qildi.

 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishida Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor J.Rizayev, Rossiya akusher-ginekologlar uyushmasi vitse-prezidenti, RFA akademigi G.Saveleva, Saratov davlat tibbiyot universiteti rektori, professor A.Yeremin, Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti rektori, professor J.Erdol, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.Shklyayev (RF), Oliy biznes maktabi – Lyuis Milliy universiteti rektori, professor Darius Voznyak (Polsha), shuningdek, Ukraina, Tojikiston va mamlakatimizning boshqa tibbiyot oliygohlarining rektorlari so‘zga chiqdi.

 Konferensiyaning yalpi majlisida 8 dan ortiq nufuzli oliy o‘quv yurtlarining olimlari ma’ruza qildi. 500 ga yaaqin tinglovchilar qatnashdi. Aytish mumkinki, Samarqand davlat tibbiyot institutining Markaziy Osiyo mintaqasining yetakchi tibbiyot oliygohi sifatida shakllanishi hamda zamonaviy tibbiyot yo‘nalishlarining dolzarb masalalari haqida ma’ruzalar eshitildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaning asosiy ishi 4 ta sho‘’ba yig‘ilishlarida davom etdi. Unda respublikamiz va MDH davlatlari tibbiyot sohasining yetakchi olimlari ma’ruza qildi. Zamonaviy xirurgiya, pediatriya, akusherlik va ginekologiya, ichki tibbiyot, nevrologiya, psixiatriya hamda tibbiyotda fundamental fan va tibbiy ta’limning dolzarb masalalari muhokama etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring