Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda talabalar va yosh olimlar an’anaviy konferensiyasi o‘tkazildi

Samarqandda talabalar va yosh olimlar an’anaviy konferensiyasi o‘tkazildi

19-20-may kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» talabalar va yosh olimlarni an’anaviy 77-chi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida Turkiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston, Ukraina, Belorussiya, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekistonning 52 dan ortiq tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlarini talabalari va yosh tadqiqotchilariga mezbonlik qildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini tantanali ochilish marosimida o‘zlarini qutlov so‘zlarini yo‘llagan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Daminov, akad.I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori Sergey Bagnenko (Sankt-Peterburg, Rossiya), I.Kant nomidagi Baltika federal universiteti rektori Aleksandr Fedorov (Kaliningrad, Rossiya), Rossiya), Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti rektori Maxmadshox Gulzoda (Dushanbe, Tojikiston), Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti rektori Nikolay Karyakin (Nijniy Novgorod, Rossiya) va boshqalar, anjuman dolzarbligini, talabalar va yosh izlanuvchilar faoliyatga ko‘maklashish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini ta’kidladilar hamda barcha ishtirokchilarga omadlar va zafarlar tiladilar.

Xalqaro konferensiyaning plenar yig‘ilishidan so‘ng uning asosiy ishi 17 ta sho‘’balar yilig‘ilishida davom ettirildi, talabalar va yosh tadqiqotchilar tomonidan 550 dan ziyod chiqishlar qilindi.

Yosh izlanuvchilarni ma’ruzalarida jamoat salomatligi, tibbiyotda gumanitar fanlar, fundamental tibbiyot va morfologiya, ichki kasalliklar, kardiologiya, nevrologiya, psixiatriya, sport tibbiyoti va reabilitatsiya, pediatriya, akusherlik-ginekologiya va reproduktiv tibbiyot, xirurgiya va urologiya, bolalar xirurgiyasi, neyroxirurgiya, onkologiya, travmatologiya, stomatologiya, otorinolaringologiya va oftalmologiyani dolzarb masalalari yoritildi. Konferensiya ishtirokchilarini mingdan ziyod ilmiy ishlari alohida to‘plam sifatida chop qilindi. Sho‘’balar yig‘ilishlarida qilingan chiqishlar halqaro tarkibdagi hay’at bilan baholanib borildi va namunali ilmiy tadqiqotlarni mualliflari g‘oliblik va nominatsiya diplomlari bilan taqdirlandilar.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring