Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov: «O‘qituvchilar yuritadigan hujjatlar soni qisqartirildi»

Sherzod Shermatov: «O‘qituvchilar yuritadigan hujjatlar soni qisqartirildi»

Foto:«Xabar.uz»

Xalq ta’limi  vaziri  Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha,ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida ustozlar yuritadigan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqartirildi. Shu bilan birga, maktablarning tekshirish soni 26 baravar kamaygan. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda. 

2017-yilda 10 sinflar uchun 140 nomdagi jami 9 million nusxada, 2018-yilda 11 sinflar uchun 137 nomdagi jami 9,7 million nusxada darsliklar chop etilgan.

2017 – 2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tildi. Hozirda maktablarda 736 185 nafar o‘quvchilar 10 – 11 sinflarda ta’lim olmoqda.

Vazirning ma’lumot berishicha, so‘nggi ikki yilda 65 ta yangi maktab qurilib, 15 mingdan ziyod o‘quvchi o‘rni yaratilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring