JIDUning «Siyosatshunoslik» yo‘nalishiga qabul kvotalari belgilandi

Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:
-«Siyosatshunoslik» bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta (5 ta grant);
-«Amaliy siyosatshunoslik» magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta (2 ta grant);
-«Siyosiy fanlar» tayanch doktorantura yo‘nalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.
Qarorga muvofiq universitetda «Siyosatshunoslik» kafedrasi tuzildi.
Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter