So‘nggi besh yilda o‘qituvchilar soni qanchaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi
Maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni so‘nggi 5 yilda 61,1 ming nafarga oshdi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2019/2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
2019/2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
2020/2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
2021/2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
2022/2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
2023/2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar.
Ma’lumot uchun, 2023/2024 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter