Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarini yotoqxonalar bilan to‘liq ta’minlagan biror davlat yo‘q – Oliy ta’lim vaziri (video)

Talabalarini yotoqxonalar bilan to‘liq ta’minlagan biror davlat yo‘q – Oliy ta’lim vaziri (video)

Bugun, 9-sentyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirokida talabalarni turar-joy bilan ta’minlash, ijara va to‘lov-kontrakt masalalari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir ayni paytda respublikada talabalar yotoqxonalari bilan bog‘liq vaziyat xususida to‘xtaldi.

«2010-yilgacha respublika bo‘yicha talabalar yotoqxonalari kamaysa kamayganki, ko‘paymagan. 2010-2016-yillar oralig‘ida esa atigi 2 ming o‘rinli yotoqxonalar qurib, foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 2016-yildan 2022-yilning buguniga qadar 56 ming o‘rinchi yotoqxonalar qurib bitkazilgan. Bu 2010-2016-yillardagidan 28 barobar ko‘p degani.

Ayni paytda ham yotoqxonadar qurish bilan bog‘liq ishlar to‘xtab qolgani yo‘q. Hozirda 60ta TTJda qurilish, tender, loyiha jarayonlari ketyapti. Shundan 38tasida qurilishi ishlari olib borilayapti», – deydi vazir.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, hozirda respublika bo‘yicha 91 ming o‘rinli talabalar turar joylari mavjud bo‘lsa, ehtiyoj 211 mingtani talab qilmoqda.

Talabalarni yotoqxonalar bilan qamrab olinganlik darajasi esa 47 foizni tashkil qiladi.

Vazir, shuningdek, dunyo tajribasida talabalarini yotoqxona bilan to‘liq ta’minlagan davlatlar topilmasligini ta’kidlagan.

«Hozirda biror davlat yo‘qki, talabalarini 100 foiz yotoqxona bilan ta’minlab qo‘ygan. Qanchadan-qancha ota-onalar farzandini yotoqxonasi yo‘qligi sabab xorijga o‘qishga yuborolmaydi. Chunki o‘qishga nisbatan yashasha sharoiti qimmat bo‘ladi», – deydi Toshqulov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring