Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanqiddan so‘ng diplomatiya universitetiga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

Tanqiddan so‘ng diplomatiya universitetiga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hujjatlarni qabul qilish 30 iyungacha ekani va aksariyat abituriyentlar maktab/kollej/litseydan hujjatlarini olishga ulgurmagani haqida ma’lumot berilgan edi. Ushbu holat yuzasidan huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev surishtiruv o‘tkazdi va tanqidiy fikrlar bildirdi.

Xushnud Xudoyberdiyev o‘z kanali orqali ma’lum qilishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hujjatlarni qabul qilish 5 iyulgacha davom etadigan bo‘ldi.

«Kechagi postimizdan JIDU ma’muriyati to‘g‘ri xulosa chiqaribdi, shekilli, universitet rasmiy saytidagi e’lon o‘zgardi. Demak, JIDUda qabul Hukumat qarorida belgilanganidek, 5 iyulgacha davom etadi. Bugun diplomini qo‘lga oladigan bitiruvchilarda ham hujjat topshirish imkoniyati bor.

Yashasin, qonun ustuvorligi!

Qolgan OTMlarda qabul 15 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. JIDUda testgacha yana bitta saralash ichki imtihoni borligi sababli, hujjatlarni qabul qilish 10 kun oldin to‘xtatiladi», — deya yozadi huquqshunos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring