Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIQXMMI dunyo universitetlari reytingida o‘zining ikkinchi natijasiga erishdi

TIQXMMI dunyo universitetlari reytingida o‘zining ikkinchi natijasiga erishdi

Foto: tiiame.uz

«Times Higher Education» reyting agentligi tomonidan 2020-yil 22-aprel kuni dunyo universitetlari reytingi – «University Impact Ranking-2020» natijalari e’lon qilindi. Mazkur reytingda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «clean water and sanitation», «life on land» yo‘nalishlari bo‘yicha dunyo universitetlarining umumiy reytingida 201+ o‘rinni qayd etdi. 

TIQXMMI hozirda O‘zbekiston tarixida ikkita yirik THE va QS reyting agentliklari tomonidan tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanmoqda.

Xabaringiz bor, 2019-yilning 14-15-oktyabr kunlari Litvaning Kaunas shaxrida «QS in Conversation» sammitida «Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziyo Osiyo» (Emerging Europe and Central Asia – EECA) reytingi e’lon qilingan. Unda mamlakatimizda birinchi bo‘lib Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari insitituti mazkur reytingda 301+ o‘rinda qayd etgan.

R.Jumaniyozov,
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring